30-avgustdan boshlab Toshkent metropolitenining barcha yoʻnalishlari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi. Bu haqda “Oʻzbekiston temir yoʻllari” maʼlum qildi.

Bu Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq, shu sabab qatnovi boʻyicha yangi jadval joriy etiladi:

  • “Chilonzor” va “Sergeli” yoʻnalishlarida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oraligʻi 3 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 4 daqiqa oraligʻi bilan harakatlanadi;
  • “Oʻzbekiston” yoʻnalishida ertalabki soat 07:30 dan 09:00 gacha poyezdlar oraligʻi 4 daqiqani tashkil etadi va kechki soat 16:30 dan 19:00 gacha 5 daqiqa oraligʻi bilan harakatlanadi;
  • “Yunusobod” yoʻnalishida ertalab soat 07:30 dan 09:00 gacha 6 daqiqa oraligʻi bilan harakatlanadi va 16:30 dan 19:30 gacha poyezdlar qatnovi har 7 daqiqada tashkil etiladi.

Avvalroq Spot Toshkentga 20 ta yangi metro vagonlari olib kelinayotgani haqida yozgan edi.