Toshkent metropoliteni yo‘lovchilar bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri va, eng muhimi, tezkor muloqotni yo‘lga qo‘ymoqchi.
Buning uchun yaqin kunlarda “Metropoliten — yo‘lovchi” portali ochiladi. Bu haqda “Uza” agentligi xabar berdi.
Ushbu portal orqali barcha yo‘lovchilar, Toshkent aholisi metropoliten faoliyati bo‘yicha taklif va e’tirozlarini bildirishi mumkin. O‘z navbatida, metropoliten xizmatlari tomonidan qo‘yilgan masalalar bo‘yicha tezkor choralar ko‘riladi.
Avvalroq Spot, 30-avgustdan boshlab Toshkent metropolitenining barcha yoʻnalishlari soat 05:00 dan 00:00 gacha ishlaydi, deya xabar bergan edi.
Bu Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yillik bayramini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish bilan bogʻliq, shu sabab qatnovi boʻyicha yangi jadval joriy etiladi.