Statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekistonga qiymati $96,6 mln ga teng boʻlgan 274,6 mln litr avtomobil benzini import qilingan.

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 4 barobarga ortgan.

Oʻzbekiston avtomobil benzinini import qilgan asosiy davlatlar:

  • Rossiya — 136,5 mln litr
  • Turkmaniston — 116,mln litr
  • Qozogʻiston — 15,6 mln litr.

Hududlar kesimida eng koʻp benzin import qilgan Toshkent shahri hisoblanadi (67,7%).

Xorijdan avtomobil benzini import qilgan hududlar:

  • Toshkent shahri — $65,4 mln
  • Fargʻona viloyati — $11,6 mln
  • Buxoro viloyati — $8,4 mln
  • Namangan viloyati — $4,2 mln
  • Samarqand viloyati — $3,6 mln
  • Sirdaryo viloyati — $2,2 mln
  • Toshkent viloyati — $752,9 ming
  • Xorazm viloyati — $293,6 ming
  • Qoraqalpogʻiston R. — $194,2 ming
  • Qashqadaryo viloyati — $69,0 ming.

Avvalroq Spot Oʻzbekistonda eng koʻp benzin qaysi hududda ishlab chiqarilishi haqida yozgan edi.