Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan qiymati $1mln ga teng boʻlgan 196,4 tonna qahva import qilgan.
Bu oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda $257,6 mingga koʻp.
Mamlakatimizga eng koʻp qahva Rossiyadan kirib kelgan:
- Rossiya — 57,4 tonna
- Italiya — 52,6 tonna
- Braziliya — 34,0 tonna
- Vyetnam — 22,6 tonna
- Belorussiya — 13,1 tonna
- Germaniya — 2,8 tonna
- Turkiya — 2,7 tonna.
Avvalroq Spot yanvar-iyul oylarida 25,2 trln soʻmlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilganligi haqida yozgan edi.