Spot Qozon Federal universitetining vakillari bilan Jizzax viloyati hokimligi oʻrtasida kelishuv imzolanganligi haqida yozgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning qaroriga koʻra, yangi oliygohning taʼlim faoliyati 2022/2023-oʻquv yilidan boshlanadi. Filialga talabalarni oʻqishga qabul qilish davlat granti hamda toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Mazkur OTMda geologiya, dasturiy muhandislik, iqtisodiyot, mashinasozlik, davolash ishi, stomatologiya, farmatsiya, tibbiy biokimyo kabi yoʻnalishlar va magistratura mutaxassisliklari boʻyicha kadrlar tayyorlanadi.
Taʼlim kunduzgi, sirtqi va boshqa shakllarida olib boriladi. Bitiruvchilarga Oʻzbekiston va Rossiyada tan olinadigan Universitet diplomi beriladi.
Shuningdek, filial professor-oʻqituvchilarining 40% dan kam boʻlmagan miqdorini Universitet va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining professor-oʻqituvchilarini dars berishga va ilmiy faoliyatga jalb etish orqali shakllantiradi.