Korzinka.uz supermarketlar tarmogʻi asoschisi Zafar Hoshimov “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlandi. Tadbirkor bugun Koʻksaroy qarorgohida boʻlib oʻtayotgan taqdirlash marosimida soʻzga chiqdi:
“Men bu mukofotni 5 ming kishilik jamoamizga berilgan yuksak baho deb bilaman. Bu yerda men tadbirkorlar vakili sifatida turibman. Yaqinda sizning tadbirkorlar bilan uchrashuvingiz oldidan men soʻz berilishidan umid qilib, 18 punktdan iborat takliflarimni yozib olgandim. Lekin siz 7 banddan iborat nutqingizni oʻqiy boshlashingiz bilan men takliflarimni oʻchira boshladim, oxiriga borib qarasam, hamma takliflarimni siz oʻylab boʻlgan va yechimlarini koʻrsatib bergan ekansiz. Aytish mumkinki, siz tadbirkorlar prezidentisiz!”, dedi Zafar Hoshimov.
Avvalroq Spot “Muvaffaqiyatsizlikning bahosi” rukni ostida Zafar Hoshimovning biznes va hayotdagi tajribalari haqida yozgan edi.