Joriy yilning 8- sentyabr kuni Carrefour O’zbekistondagi o’zining birinchi gipermarketini ishga tushiradi. Bu Toshkentdagi Compass ko’ngilochar savdo markazi hududida bo’ladi, deya xabar berdi kompaniya vakillari.
Compass hududida 7500 kv/m maydonga ega Makro City faoliyat ko’rsatib kelgan. Biroq Carrefour va UzOman o’rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq binoni tark etishga majbur bo’ldi.
Ma’lumot uchun: aprel oyida Makro chakana savdo tarmog’i Samarqand darvozadan chiqib ketgan edi.
Carrefour 2020-yilning dekabr oyida O’zbekiston bozorida kirib kelgan edi.
Carrefour dunyoda riteylerlik biznesi bilan shug’ullanuvchi kuchli o’nlik qatoriga kiradi va asosan rivojlanib borayotgan mamlakatlar bozorida faoliyat ko’rsatadi.