Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko’rsatish tartibi belgilandi.
Hukumat qarori bilan Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
Reglamentga ko‘ra, iste’molchi elektr tarmoqlariga ulanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YAIDXP yoxud “ELEKTR” dasturiy ta’minoti (Onlayn platforma) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
So‘rovnoma to‘ldirilib, tegishli ma’lumotlar taqdim etiladi.
Xizmat uchun BHMning 10 foizi (27 ming so‘m) miqdorida yig‘im undiriladi. YAIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im miqdori 24 300 so‘mni tashkil etadi.
Iste’molchilar elektr tarmoqlariga ulanish uchun Onlayn platforma orqali davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tgan holda murojaat etganda yig‘im undirilmaydi.
Iste’molchi murojaat etgan kundan boshlab 3 ish kunida elektr tarmoqlariga ulanishni rad etgan taqdirda, tegishli to‘lov summasi iste’molchiga 3 ish kunida qaytarib beriladi.
Ulanadigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmaydi. Bunda HETK tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr ta’minoti loyihasi hisoblanadi va uni kelishish talab etilmaydi.
Ulanadigan quvvati 50 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash belgilangan muddatlarda tabaqalashgan bir martalik to‘lov asosida amalga oshiriladi.
Mazkur tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.
6 sentabr 2021, 21:36
Texnologiyalar
Iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash yagona portal orqali mumkin bo’ladi
Yagona portal orqali murojaat etilganda yig’im miqdori 24 300 so’mni tashkil etadi. Mazkur tartib 2022-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kiritiladi.
Foto: Spot
«Spot»
- 883
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 20:16 Biznes
UzAuto Motors Cobalt uchun kontraktatsiyani yakunladi
Kompaniya 10 soat ichida jami 55 494ta Cobalt GX-Style AT Plus va GX-Midnight AT modellari uchun shartnoma tuzgan.
Kecha, 19:59 Texnologiyalar
Apple Siri’ning yangi versiyasini ishlab chiqmoqda — Bloomberg
Yangilangan ovozli yordamchi kompaniya qurilmalari bilan muloqotni yanada tabiiy va samarali qilishga yordam beradi.
Kecha, 19:12 Energetika
O‘zbekiston yil boshidan buyon Xitoyga $540 mlnlik gaz eksport qildi
Shu bilan birga, Turkmaniston va Rossiyadan gaz importi 2,4 baravarga oshib, $1,36 mlrdga yetdi.
Kecha, 18:49 Foydali
Onlayn-kinoteatrlar: O‘zbekistonda film va seriallarni qaysi platformalarda tomosha qilish mumkin va bu qanchaga tushadi?
Spot mahalliy va chet el striming xizmatlariga obuna bo‘lish narxi, kontent miqdori va sifati haqidagi ma’lumotlarni to‘pladi.
Kecha, 18:39 Iqtisodiyot
Toshkent fond birjasi IT-infratuzilmasini Bloomberg platformasi bilan integratsiya qildi
Bu orqali kotirovkalar, buyurtmalar kitoblari va boshqa asosiy ko‘rsatkichlarni real vaqt rejimida uzatish mumkin.
Kecha, 17:54 Biznes
Boeing AQShda 2500dan ortiq xodimini ishdan bo‘shatmoqda
Ishdan bo‘shatishlar kompaniyaning 17 000 ish o‘rnini yoki ishchi kuchining 10%ini qisqartirish rejasi doirasida amalga oshiriladi.
Kecha, 16:01 Moliya
Dollar kursi yana pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 15 so‘m 14 tiyinga pasayib, 12 829,07 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 16:00 Energetika
Jizzaxda 3,7 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilindi
Xususan, fermer xo‘jaligi shartnomasiz elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib olganliklari aniqlangan.