Samarqand viloyati Intellektual mulk himoyasi markazi tomonidan Samarqand shahridagi savdo obyektida “HUGO BOSS” tovar belgisidan huquq egasining roziligini olmasdan foydalanib kelinayotganligi aniqlandi.
Vaholanki, “Tovar belgilari, xizmat koʼrsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari toʼgʼrisida"gi qonunga binoan tovar belgisidan huquq egasining ruxsatisiz foydalanish tovar belgisiga doir mutlaq huquqni buzish sanaladi.
Tovar belgisidan litsenziya shartnomasi tuzmasdan foydalanish asl tadbirkor imiji va obro’siga zarar yetkazib, iste’molchilar chalg’isihi oqibatida tovarlarni asl brend deb o’ylab xarid qiladi, natijada bundan ikki tomon zarar ko’radi.
Avvalroq Spot, “Dolce & Gabanna” brendidan ruxsatsiz foydalangan tadbirkorga chora ko’rilganligi haqida xabar bergan edi.