“UzAuto Motors” korxonasining UzAvtoSavdo universal mobil ilovasi vaqtincha ishlamaydi. Bu haqda kompaniyaning matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Taqdim etiladigan xizmatlar sifatini oshirish boʻyicha rejalashtirilgan texnik ishlar olib borilayotganligi sababli, ilovada bajariladigan amaliyotlardan vaqtincha foydalanish imkoni yoʻq”, — deyilgan xabarda.
Maʼlum boʻlishicha, mobil ilova 8-sentyabr sanasigacha mijozlarga yana qayta xizmat koʻrsatishni boshlaydi.
Avvalroq Spot UzAutoSavdo mobil ilovasi orqali “Chevrolet Spark” avtomobili uchun shartnoma tuzish qayta yoʻlga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.