Salvador prezidenti Nayyib Bukele Twitter-dagi sahifasida bitkoin tarixda birinchi marta mamlakatning rasmiy valyutasiga aylanganini eʼlon qildi.
Qonun kuchga kirishdan bir kun oldin, mamlakat $20,9 mln lik 400 ta bitkoin sotib oldi. Bukele bitkoinning rasmiy toʻlov vositasi sifatida tan olinishi, chet elda ishlayotgan mamlakat fuqarolari uchun uyga pul yuborishni osonlashtiradi, deb hisoblaydi. Bu mablagʻlar Salvador yalpi ichki mahsulotining qariyb 20% ini tashkil qiladi.
Bitkoinni rasmiy toʻlov vositasi sifatida tan olish toʻgʻrisidagi qonun iyun oyida Salvador parlamenti tomonidan qabul qilingan. Mamlakatda kriptovalyutadagi toʻlovlar uchun infratuzilma qonun kuchga kirgan kundan boshlab 90 kun ichida yaratilishi kerak edi.
Iyul oyida mamlakatda AQSh dollarini bitkoinlarga oʻtkazish uchun 200 ta bankomat oʻrnatildi. Soʻrov natijalariga koʻra, Salvadorning 6,5 mln aholisi bu tashabbusga qoʻshilmaydilar va xaridlarni toʻlash uchun dollar ishlatishda davom etishadi.