7 sentyabr kuni bir nechta banklar dollar kursini koʻtardi.
Ayni paytda banklar mazkur valyutani 10 670 soʻmdan sotib olmoqdalar, sotish taklifi esa 10 740 soʻmni tashkil etmoqda. Bu yangi maksimal belgi.
Xabaringiz bor, fevral oyining oʻrtalaridan boshlab Markaziy bank kurslarni haftada bir marta emas, balki har kuni eʼlon qilib bormoqda.
Avvalroq Spot summa yil boshidan buyon atigi 1,2% ga qadrsizlanganligi, bu esa 2018-yildan buyon eng yaxshi koʻrsatkich ekanligi haqida yozgan edi.