Toshkent metropoliteni 20 ta poyezd xarid qilgani haqida xabar bergan edik. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ ning yozishicha, yangi metro poyezdlari 6-sentyabrdan buyon yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshlagan.
Maʼlum boʻlishicha, yangi poyezdlarining sozlash ishlari yakunlangach, eng koʻp yoʻlovchilar oqimiga ega boʻlgan Chilonzor yoʻnalishiga uchta harakat tarkib oʻz ishini boshladi.
“Qolgan yana ikkita metro poyezdi yaqin orada ushbu yoʻnalishda aholi xizmatida boʻladi”, — deyilgan xabarda.
Maʼlumot uchun, endi Chilonzor yoʻnalishida ertalabki “pik” vaqt — soat 07:30 dan 9:00 gacha poyezdlar orasidagi interval 3 daqiqani, 16:30 dan 19:30 oraligʻida esa 4 daqiqani tashkil etilmoqda.