Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning yanvar-iyul oylarida Oʻzbekiston 21 ta xorijiy davlatlardan qiymati $258,3 mln ga teng boʻlgan 12,2 mingta yengil avtomobillar import qilgan.
“Inomarkalar” importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5983 taga kamaygan.
Oʻzbekiston eng koʻp import qilgan davlatlar roʻyxati quyidagicha:
- Xitoy — 3 751 ta
- Koreya — 3 187 ta
- Rossiya — 2 589 ta
- Qozogʻiston — 1 330 ta
- Polsha — 386 ta
- Litva — 312 ta
- Tailand — 250 ta
- AQSh — 238 ta
- Germaniya — 70 ta
- Yaponiya — 56 ta.
Avvalroq Spot 2021-yilning 7 oyida qiymati $7,7 mln ga teng 432 ta elektromobil import qilinganligi haqida yozgan edi.