“Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan “Qatar Airways” aviakompaniyasiga “Doha — Toshkent — Doha” yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320, Airbus 321, Airbus 350, Boeing 777 va Boeing 787 havo kemalarida amalga oshiradi.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Qatar hukumatlari oʻrtasida “Havo qatnovi toʻgʻrisida"gi bitim 2021-yilning iyunida imzolangandi. Unga koʻra, “Doha — Toshkent — Doha” yoʻnalishida toʻgʻridan toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilgan.
Avvalroq yoʻlovchi aviatashuvlari xavfsizligi va sifatini baholashga ixtisoslashgan AirlineRatings.com agentligi dunyoning eng yaxshi aviakompaniyasi sifatida “Qatar Airways"ni koʻrsatgan edi.