Roodell Oʻzbekistonda Renault avtomobillarini sotishni boshlaydi. Bu haqda kompaniya xabar bermoqda.
Uchta model — Arkana, Kaptur va Duster krossoverlari sotuvga chiqariladi. Hozircha savdo boshlanishining aniq sanasi eʼlon qilinmagan.
Avvalroq, Renault Group vakili 2019-yil may oyida Oʻzbekistonga avtomobil yetkazib berishni boshlash niyatida ekanligini maʼlum qilgandi.
“Bu yerda potensial borligini bilamiz, biz oʻzbek bozorini tahlil qildik. Bilamizki, [isteʼmolchilarning] maʼlum umidlari bor “, — dedi MDH eksporti boʻyicha direktor Maksimilian Missan.
Kompaniya Lada avtomobillarini (Renault Group tarkibiga kiradi) yetkazib berish orqali mamlakat bozoriga kira boshladi.
2020-yil oxirida mamlakatda LADA va Renault avtomobillari yigʻishni boshlash rejalari maʼlum boʻldi. Keyingi rejalar “ADM-Jizzax” zavodiga koʻchdi.
2021-yil iyun oyida “Автоваз” prezidenti Nikolya Mor 12 oy ichida Oʻzbekistonda Lada va Renault avtomobil komponentlarini yigʻishni boshlash rejalari haqida gapirgandi.