Spot moliyaviy savodxonlik bo’yicha finlit.uz ma’lumotlaridan foydalangan holda omonat ochish bo’yicha foydali ma’lumot tayyorladi.

01

Omonat ochish uchun maqsadingizni aniqlang

Omonatni ochishda pulni tejash maqsadini aniqlash muhim: bu moliyaviy maqsadga erishish yoki moliyaviy xavfsizlik yostigʻi uchun tejamkorlik va hokazolar boʻlishi mumkin. Shu bilan turli bank takliflari orasida sizga qulay omonat turini tanlash osonroq boʻladi.

02

Shaxsiy ma’lumotlaringizni tekshiring

Bank omonat shartnomasini tekshirishda, avvalo, shaxsiy ma’lumotlaringiz toʻgʻri yozilganligiga e’tibor bering. Shuningdek, omonat operatsiyalari toʻgʻrisida SMS-xabarnomani mobil telefon raqamingizga ulashingiz mumkin.

03

Omonat foiz stavkasi shartlariga e’tibor bering

Foiz stavkasi turli xil sharoitlarga bogʻliq boʻlishi mumkin. Misol uchun omonat miqdori, omonatdagi mablagʻlar muddati va boshqalar.

04

Omonatdagi mablagʻlarni toʻldirish va muddatidan avval olish imkoniyatlarini koʻrib chiqing

Omonatni boshqarish uchun uni toʻldirish va qisman olib qoʻyish imkoniyatini hisobga olish kerak.

Quyida 2021-yilning sentyabr oyidagi banklardagi milliy valyutadagi daromadli omonatlarni o’rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.


Eslatma: Keltirilgan ma’lumotlar banklarda mavjud bo’lgan va eng yuqori foiz stavkasida ko’rsatilgan tariflar asosida tayyorlangan. Qo’shimcha ma’lumotlar va foizlar bo’yicha Spot bankning rasmiy saytidan ma’lumotlar olishni tavsiya etadi.


“Kapitalbank”

Yillik foiz stavkasi 22% ni tashkil etadi. Omonat muddati 25 oy bo’lib, eng kam summasi 1000 000 so’mni tashkil etadi. Muddatdan avval bekor qilishga ruxsat beriladi.

Omonat bankka naqd pul shaklida ham, onlayn shaklda ham kiritilishi mumkin.

Foiz stavkasi — (O'zR MB qayta moliyalash stavkasi + 8%) yilik.

Onlayn shaklda omonat ochilganda — foizlar har oyda omonat valyutasida mobil ilova orqali ochilgan omonatchining hamyon hisob raqamiga to’lanadi.

“O‘zbekiston milliy banki”

Omonat muddati — 3 oygacha. Yillik foiz stavkasi — 22%. Omonat masofadan turib ochgan holda yillik foiz stavkasi — 22%

Minimal boshlang’ich badal — 1 000 000 so’m. Foizlarni to‘lash davri — omonat muddati tugagandan so‘ng amalga oshiriladi. Omonat muddatidan oldin bekor qilingan holda yillik foiz stavkalari 3 oygacha — 0%.

Qo‘shimcha badal va qisman yechib olishga ruxsat etilmaydi.

Omonatchiga sovg‘a sifatida Mastercard Gold kartasi ochiladi. Omonatni qabul qilish muddati 2021 yilning 30 sentyabriga qadar.

“Turonbank”

Omonat muddati 12- oy bo’lib, yillik foiz stavkasi 20% ni tashkil etadi. Minimal summasi 500 000 so‘mni tashkil qiladi. Kapitalizatsiya qilinmaydi.

Mijoz tomonidan omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari muddatidan oldin to‘liq yoki qisman talab qilib olinsa, to‘liq 1 oydan 3 oygacha 17 foiz, to‘liq 3 oydan 6 oygacha 18 foiz, to‘liq 6 oydan 12 oygacha 19 foiz va to‘liq muddat saqlangan omonatlar uchun 20 foiz pul mablag‘lari to‘lanib beriladi.

“Agrobank”

Yillik foiz stavkasi— 22 %, muddati — 13 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 500 000 so’m. Qo’shimcha mablag' qabul qilinmaydi. Vaqtidan oldin yechib olish talab etilsa:

1 kundan — 1 oygacha
“Talab qilib olinguncha”
1 oydan yuqori
17%


“Aloqabank”

Foiz stavkasi — 20% (QMS+6%), muddati — 12 oy. Omonatga mablag’lar naqd pulda va boshqa tijorat banklari kartalaridan qabul qilinadi. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m.

Omonat muddatidan oldin olinganda:

  • 1−2-oylar to’lganda olinsa, to’lgan oylarning barchasi uchun yillik 11 foiz;
  • 3−4-oylar to’lganda olinsa, to’lgan oylarning barchasi uchun yillik 13 foiz;
  • 5−6-oylar to’lganda olinsa, to’lgan oylarning barchasi uchun yillik 15 foiz foiz;
  • 7−8-oylar to’lganda olinsa, to’lgan oylarning barchasi uchun yillik 17 foiz;
  • 9−11-oylar to’lganda olinsa, to’lgan oylarning barchasi uchun yillik 19 foizdan qayta hisob kitob qilinadi va omonatning summasi va foizi omonat qanday shaklda (naqd va naqdsiz) kirim qilingan bo’lsa, shu shaklda qaytariladi.

“Davrbank”

Omonat shakli: Naqd va naqdsiz shaklda, minimal qiymati — 1 mln. so’m. Foizlarni oylik to’lab beriladi. Hisobni to’ldirish imkoniyati: dastlabki 6 oy ichida. Foizlar har oyda to’lab boriladi.


Muddati
Yillik foiz to’lovi
1
1−3 oygacha
18%
2
4−6 oygacha
21%
3
7−9 oygacha
23%
4
10−12 oygacha
26%


“InfinBANK”

Yillik foiz stavkasi — 21%. Omonatning minimal miqdori 2 million so’mni tashkil etadi va naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi. Muddati 18 oy. Shuningdek, qo’shimcha mablag' faqat bank kartasidan kiritilishi mumkin.

2 million soʻm miqdoridagi kamaymaydigan qoldiqni saqlash sharti bilan, foizlar belgilangan miqdorda va toʻliq hajmda toʻlab beriladi. Omonat muddatidan oldin yopilganda, hisoblangan foizlar toʻliq oy uchun toʻlanadi.

“Orient Finans” bank

Foiz stavkasi — 15%, mobil ilova orqali ochilganda 16 foizda taqdim etiladi. Muddati — 300 kun. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 10 million so’mni tashkil etib, naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi.

“Turkiston bank”

Foiz stavkasi — 3−9%, muddati — 1−12 oy. Foizlar har kun hisoblanadi va oylik to’lab beriladi. Minimal summa 100 million etib belgilangan.

“Hamkorbank”

Foiz stavkasi — 20%, muddati — 13 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 3 million so’mni tashkil etadi. Omonat muddati tugaganidan so’ng mijoz omonat mablag’larini talab qilmasa, u holda shartnoma muddati uzaytirilgan deb hisoblanadi va mablag’lar qoldig’iga yillik 0.1% miqdorida ustama to’lanadi.

“Asia Alliance Bank”

MyAlliance mobil ilovasi orqali ochiladi. Yillik foiz stavkasi 3 oygacha — yillik 23% dan, 3 oydan 6 oydagi — yillik 22% dan, 6 oydan 9 oygacha — yillik 21%, 9 oydan 12 oygacha — yillik 20% hisoblanadi. Qo’shimcha badallar qabul qilinmaydi. Foizlar har oyda va omonat muddati tugaganda to’lanadi.