Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-sentyabr holatiga respublikamizda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 13,6 mingtani tashkil etib, ulardan 13,1 mingtasi faoliyat yuritmoqda.
Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat koʻrsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimida Rossiya yetakchilik qilmoqda:
- Rossiya — 2 311 ta
- Xitoy — 1 931 ta
- Turkiya — 1 797 ta
- Qozogʻiston — 1 035 ta
- Koreya — 925 ta
Xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalar soni boʻyicha Turkiya yetakchi boʻlib turibdi.
Toʻliq roʻyxat quyidagicha:
- Turkiya — 270 ta
- Rossiya — 248 ta
- Xitoy — 184 ta
- Qozogʻiston — 134 ta
- Koreya — 69 ta.
Maʼlumot uchun, faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1 850 taga oshgan.