Markaziy bank naqd pul muomalasi boʻyicha qisqacha sharh berdi.

Unga koʻra, 2021-yil yanvar-avgust oylarida banklar orqali naqd pul aylanmasi hajmi 317,4 trln soʻmni tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 48,8% ga oshdi.

Jumladan, banklar kassalariga naqd pul tushumlari 157,6 trln soʻmni, bank kassalari va bankomatlardan chiqim qilingan naqd pullar 159,8 trln soʻmni tashkil etdi.


Shuningdek, ushbu davr oraligʻida bank kartalariga 178,1 trln soʻmlik mablagʻlar kelib tushib, bank kartalaridagi 58,8 trln soʻmlik (33%) mablagʻlar aholi tomonidan naqdlashtirib olingan.