Joriy yilning yanvar-avgust oylarida bank kassalaridan (shu jumladan, bankomatlardan) berilgan naqd pullar 2020-yilning mos davriga nisbatan 50,8 trln soʻmga oshdi.

Ushbu oʻsishning asosiy qismi bank kartalaridan naqd pul yechish hajmi 21,4 trln soʻmga hamda banklar tomonidan aholidan naqd chet el valyutasini sotib olish uchun 16,6 trln soʻm oshishi hisobiga yuzaga keldi. Bu Markaziy bankning sharhidan kelib chiqmoqda.

Taʼkidlanishicha, iqtisodiyotning naqd pulga boʻlgan talabini qondirish maqsadida muomalaga qoʻshimcha pullar chiqarib borish hajmi muomaladan ortiqcha pullarning qaytish hajmiga nisbatan kam boʻldi.

Natijada 2021-yil 1-sentyabr holatiga muomaladagi naqd pullarning umumiy pul massasidagi ulushi 23% ni tashkil qilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 5% bandga pasaydi.


Avvalroq Spot banklar orqali naqd pul aylanmasi oʻtgan yilga nisbatan 48,8 foizga oshganligi haqida yozgan edi.