O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi tomonidan Andijon viloyatining Jalaquduq tumanida quvvati 120 kilovatt bo‘lgan yangi mikro gidroelektr stansiyasi ishga tushiriladi.

Ayni paytda mazkur GESda quvurlarni montaj qilish va sozlash hamda ishga tushirish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur stansiyada har birining quvvati 30 kVt bo‘lgan 4 ta gidroagregatlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular orqali yiliga 1 million 52 ming kilovatt soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Buning natijasida yiliga 600 ta xonadonni ekologik toza elektr energiyasi bilan ta’minlashga erishiladi.