O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining, O‘zbekistonda doimiy yashovchi chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning identifikatsiya ID-kartasini rasmiylashtirish sxemalarining yangitahriri tasdiqlandi.
Unga ko‘ra:
- 55 yoshga to‘lgan va turizm maqsadida 30 kundan ortiq bo‘lmagan muddatga O‘zbekistonga keluvchi XXR (turistlar guruhlari tarkibida), AQSh va Vetnamning fuqarolari uchun 50 dollar miqdorida yig‘im bekor qilindi;
- 16 yoshga to‘lgan fuqarolarga identifikatsiya ID-kartalari berilganda ular bir vaqtning o‘zida soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi sifatida hamda jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yiladi. Fuqaroning biografik ma’lumotlari o‘zgarishi munosabati bilan ID-karta almashtirilganda bu haqidagi ma’lumotlar real vaqt rejimida DSQ va AT “Xalq banki"ga taqdim etib boriladi;
- O‘zbekistonda oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan chet davlat fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 1 yil muddatgacha ko‘p martalaik vizani rasimylashtirish uchun konsullik yig‘imi $175 miqdorida undiriladi, basharti O‘zbekistonning xalqaro shartnomalarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, shu jumladan paritet prinsipi qo‘llanilgan holda;
- “Maxsus ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan transport vositalarini boshqarish huquqi uchun ishonchnomani tasdiqlash uchun” erga (xotinga), ota-onaga, bolalarga va nabiralarga belgilangan stavkaning 5 foizi, aka-ukalar hamda opa-singillarga belgilangan stavkaning 15 foizi ustunida yig‘im miqdori belgilangan;
- fuqarolar xorijga chiqish biometrik pasportini olish yuzasidan ariza-anketani YaIDXP orqali elektron tarzda yuborishlari mumkin. Bunda, ariza-anketani elektron raqamli imzo yoki shaxsni identifikatsiyalashning boshqa vositalari bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda shaxsni tasdiqlovchi elektron ID-karta joriy qilinadi.