Xiaomi Smart Glasses (aqlli koʻzoynaklar) smartfonga ulanmasdan turib ham bildirishnomalar, navigatsiya va qoʻngʻiroqlarni qabul qilishi mumkin. Bu haqda “vc.ru” xabar bermoqda.
Qurilmaning vazni 51 gramm. Kompaniya MicroLED texnologiyasidan foydalangan, displeylar yuqori pikselli zichlikka ega, lekin tuzilishi maksimal darajada soddalashtirilgan. Koʻzoynakdagi “aqlli” chipning oʻlchami 2,4×2,02 mm ni tashkil etadi.
Chap tomonda 5 megapikselli kamera joylashgan. Qurilma orqali suratga olish va rasmdagi matnni tarjima qilish mumkin. Oʻrnatilgan mikrofon ham nutqni real vaqtda tarjima qila oladi.
Koʻzoynak-toʻrt yadroli ARM protsessori, batareya, sensorli panel, Wi-Fi / Bluetooth modullari, Android operatsion tizimini qoʻllab-quvvatlaydi.
Hozircha kompaniya koʻzoynakni sotish sanasini eʼlon qilmagan.
Avvalroq Facebook ham birinchi “aqlli” koʻzoynaklarni taqdim etgan edi.