Yoshsaylovchi.uz elektron platformasi ishga tushdi. Bu haqda Alisher Sadullayevning telegramdagi kanalida xabar berildi.
Bu yil O‘zbekistonda muhim siyosiy jarayon — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. Bunda 6 993 924 nafar saylovchi yoshlar ishtirok etadilar. Shundan 880 155 nafari ilk marta saylovda ishtirok etadigan yoshlardir.
Yoshlarimizning siyosiy bilimi, huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida yoshsaylovchi.uz platformasi ishga tushirildi. Ushbu platforma orqali saylov jarayoni haqida zarur ma’lumotlarni olish, saylov uchastkasini aniqlash mumkin.
Eng muhimi, yoshlarimizning saylovda to’g’ridan to’g’ri jarayonni kuzatishlari, xorijiy ekspertlar va vakillar bilan birgalikda tajriba orttirishlariga juda yaxshi imkoniyat bor.
Ayniqsa, bu xorijiy tillarni bilgan yoshlarimizga zo’r tajriba maydoni bo’ladi. Buning uchun saytdan ro’yxatdan o’tgan holda saylovda volontyor yoki trener sifatida ishtirok etish imkoni yaratilgan.