10−11-sentyabr kunlari Rossiya mehnat va ijtimoiy himoya vaziri oʻrinbosari Andrey Pudov boshchiligidagi delegatsiya Oʻzbekistonga keldi.
Tashrifi yakunlari boʻyicha quyidagilarga erishildi:
- qurilish sohasida mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Rossiya Federatsiyasiga jalb qilish boʻyicha pilot loyiha doirasida 10 ming mehnat migranti yaqin vaqt davomida soddalashtirilgan tartib asosida Oʻzbekistondan Rossiyaga ishga jalb qilinadi.
Nomzodlarni ishga jalb qilish bilan bogʻliq, jumladan, tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, emlash, rus tili, Rossiya tarixi va qonunchiligi boʻyicha imtihon topshirish, patent rasmiylashtirish va transport xarajatlari ish beruvchilar tomonidan qoplanishi koʻzda tutilmoqda.
- Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolarni emlash va koronavirusga qarshi test topshirish jarayonlarini ikki davlat mutaxassislari tomonidan Rossiya tomoni tibbiy uskunalari yordamida birgalikda Oʻzbekistonda amalga oshirish hamda ularning natijasi boʻyicha tibbiy maʼlumotlarni “COVID-19siz sayohat” ilovasi tizimiga integratsiya qilish belgilandi;
- Rossiya Federatsiyasi hududida mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida boʻlgan fuqarolar uchun patent olishda talab etiladigan daktiloskopik roʻyxatga olish va rasmga olish jarayonlarini ikki davlat Ichki ishlar vazirliklari tomonidan Rossiya tomoni uskunalari yordamida Oʻzbekistonda amalga oshirishga kelishib olindi.
Avvalroq Spot Moskva metrosida oʻzbek va tojik tillaridagi yozuvlar paydo boʻlganligi haqida bergan edi.