Londonning ICE Futures birjasida Brent markasidagi neftning hozirgi vaqtdagi fyucherslari narxi $75,52 dollarni (+ 0,08 foiz) tashkil etmoqda.
Iyun oyida mahsulot narxi o’zining ikki yillik maksimum narxini yangilab $71 gacha ko’tarilgan edi.
UBS AG Wealth Management strategisti Ueyn Gordonning so’zlariga ko’ra, “bozor yaqqol qisqargan va OPEKning strategiyasi ish bermoqda”. Shuningdek, u kelgusi yil boshida xom neft kamida $75 bo’lishini kutmoqdamiz deya Bloomberg telekanaliga intervyu bergan edi.
FGE rahbari Fereydun Fesharakining fikricha, bozorning asosiy ko’rsatkichlari shu qadar kuchliki, agar uchinchi chorak o’rtalarida Erondan yetkazib berish hajmi oshmasa, neft narxi bir barreli uchun $80 ga ko’tarilishi mumkinligi aytilgan edi.