Xitoyning Xiaomi kompaniyasi oʻzining bir nechta yangi gadjetlarining onlayn-taqdimotini oʻtkazdi.
Xiaomi 11T Pro
Yangi smartfon alyumin va Gorilla Glass Victus himoya oynasidan ishlangan. U 8/12 GB tezkor hamda128 GB/256 GB doimiy xotira va Snapdragon 888 protsessori bilan jihozlangan.
Gadjet 120 Vtli oʻta tezkor quvvatlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Smartfonning 5000 mA-soatli batareyasini bor-yoʻgʻi 17 daqiqada toʻliq quvvatlash mumkin. Qurilmaning kameralar blokidagi asosiy kamera 108 Mpga va tasvirni optik barqarorlashtirgichga, ikkinchi kamera 8 Mpga va uchinchi kamera 5 Mpga ega. Old kamera 16 Mp.
Xiaomi 11T Pro smartfoni MIUI 12.5 va Android 11 operatsion tizimlarida ishlaydi. Uni 8/128 GB, 8/256 GB va 12/256 GBli modifikatsiyalarda mos ravishda 649, 699 v 749 yevrodan sotib olish mumkin boʻladi.
Xiaomi 11T
Bu texnik jihatdan oddiyroq qurilma, biroq u ham metall va himoya oynasidan ishlangan. Unda Dimensity 1200-Ultra va Snapdragon 888 protsessorlari oʻrnatilgan. Qurilma 8 Gb tezkor va 128 yoki 256 Gb doimiy xotira bilan taʼminlangan. U 36 daqiqada toʻliq quvvatlanadi.
Smartfon 128 Gb va 256 Gb versiyalarda mos ravishda 499 va 549 yevrodan taklif qilinmoqchi.
Xiaomi 11 Lite 5G NE
Ushbu smartfon Mi 11 Lite 5Gʻning yangi versiyasi boʻlib, unda Snapdragon 778G protsessori oʻrnatilgan. Smartfon 2400×1080 piksel koʻrsatish qobiliyatiga ega 6,55-dyuymli AMOLED DotDisplay bilan jihozlangan.
Qurilmaning asosiy kamera bloki uchta kamera bilan taʼminlangan: 64 MP asosiy, 8 MP keng burchakli va 5 MPli telemakro. Frontal kamera 20 Mp, batareya sigʻimi 4250 mA-soat.
Smartfonni 6/128 GB va 8/128 GB versiyalarda mos ravishda 369 va 399 yevrodan xarid qilish mumkin boʻladi.
Mavzuga doir: