Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, Navoiyda oltin maʼdanlarni qazib olish va qayta ishlash kompleksi quriladi.

Investitsiya loyihasining qiymati $274 668,9 mingni tashkil etadi. Obyektni 2024-yil dekabr oyida foydalanishga topshirish yiliga tarkibida oltin boʻlgan 4 mln tonna hajmdagi maʼdanlarni qazib olish boʻyicha qoʻshimcha quvvatlar tashkil etish imkonini beradi.

Maʼlumotlarga koʻra, loyihani amalga oshirish uchun $245 070 ming miqdorida 5 yil muddatga uch yillik imtiyozli davr bilan xorijiy kreditlar jalb qilinadi.

Avvalroq Moliya vazirligi oltin uchun ETF chiqishini eʼlon qilgan edi.