Soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali — my.soliq.uz ‘da soliq to‘lovchilar faoliyatiga oid kamchiliklarni aniqlash imkonini beruvchi “O‘z holatimni tekshirish” oynasi ishga tushirildi.
Soliq to‘lovchilar shaxsiy kabineti orqali “QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish” interaktiv xizmatidan foydalangan holda “O‘z holatimni tekshirish” oynasiga kirib faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlab, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniga ega bo‘ldi.
Bu haqda soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuborildi.
Kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish — soliq tekshiruvlari o‘tkazish, soliq xavfining yuqori darajasiga tushish, QQS guvohnomasini bekor qilinishi yoki vaqtincha to‘xtatilishining oldini oladi.
My.soliq.uz portalida “O‘z holatimni tekshirish” oynasi yaratildi
Soliq to‘lovchilar shaxsiy kabineti orqali “QQS to‘lovchisi sifatida maxsus ro‘yxatdan o‘tkazish” interaktiv xizmatidan foydalangan holda “O‘z holatimni tekshirish” oynasiga kirib faoliyatidagi kamchiliklarni aniqlab, ularni o‘z vaqtida bartaraf etish imkoniga ega bo‘ldi.
- 5 722
- Izoh
- Tavsiya qilish