Ilon Mask Starlink sunʼiy yoʻldosh internet servisi oktyabrda rasman ishga tushishini eʼlon qildi. U bu haqda Twitter-dagi sahifasida yozdi.
Shu kunlarda servis beta-sinov bosqichidan chiqariladi. Hozirda Starlink Shimoliy Amerika, Yevropaning bir qismi, Yangi Zelandiya va Chili aholisiga xizmat koʻrsatadi. Yaqin vaqt ichida servisdan Meksika va Yaponiyada ham foydalanish mumkin boʻladi.
Starlink sunʼiy yoʻldosh interneti toʻlaqonli ishlashi uchun yer yaqinidagi orbitaga 12 mingta sunʼiy yoʻldoshni joylashtirish koʻzda tutilgan. Bu taxminan $10 milliardga tushadi.
Avvalroq Pekinda Starlink-ning analogi sinovdan oʻtkazilganligi haqida yozgan edi.