O‘zbekistonda ilk bor Toshkent shahridagi Turin Politexnika universiteti talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan CubeSat (nano sun’iy yo‘ldosh) stratosferagauchirildi.
Vazni 2.5−3.0 kg bo‘lgan, U-klasdagi ushbu apparat, kosmik tadqiqotlar olib borish uchun bir nechta modullardan tashkil topgan 10 sm kub xajmdagi sun’iy yo‘ldosh hisoblanadi.
CubeSat bir qator sensor qurilmalardan tashkil topgan bo‘lib, yerdan uzoqlashish balandligini, stratosferadagi havo namligi, shamol tezligi, havoning ifloslanish darajasi to‘g‘risidagi va boshqa turdagi fizikaviy ma’lumotlarni onlayn tarzda universitetda joylashtirilgan ma’lumotlarni qabul qiluvchi stansiyaga uzatdi, kelgusida qabul qilingan ma’lumotlar geodeziya sohasida ilmiy-tadqiqot olib borish uchun tahlil qilinadi.
Shuningdek, CubeSat uchishi davomida video tasvirlarni onlayn tarzda uzatdi, ushbu ma’lumotlar yordamida kelgusida geo axborot tizimlari yo‘nalishidagi tadqiqotlarda foydalaniladi.
Ushbu yo‘ldoshni bugun soat 5:30 da xavo harorati ko‘tarilishidan oldin uchirildi. Troposfera qatlamini bosib o‘tgandan so‘ng, 20 km balandlikda startosfera qamlamini zabt etdi. Maksimal balandlik haqida keyinroq xabar beriladi.