Innovatsion rivojlanish vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, Oʻzbekiston Global innovatsion indeks reytingida 132 davlat orasida 86-oʻrinni egalladi. Bundan avval mamlakat reytingda 2020-yil 93-oʻrin va 2015 yilda 122 oʻrinlarni egallagan edi.

Reytingga koʻra, Oʻzbekistonning dunyo miqyosida kuchli indikatorlari quyidagilar: “Ilm-fan va muhandislik sohasida bitiruvchilar soni” — 7-oʻrin, “Biznesni yoʻlga qoʻyishning soddaligi” — 8-oʻrin, “Mehnat unumdorligi” — 8-oʻrin, “Kapitalni yalpi tarzda toʻplash” — 7-oʻrin, “Taʼlim uchun davlat xarajatlari” — 28-oʻrin.

Global innovatsion indeks reytingida Shveytsariya 1-oʻrin, Xitoy 12-oʻrin Rossiya 45-oʻrin, Qozogʻiston 79-oʻrin, Qirgʻiziston 98-oʻrin, Tojikiston 103-oʻrinni egalladi.