Oʻzbekistonda LADA avtomobillarini seriyali yigʻish boshlandi. Bu haqda Spotga mamlakatdagi LADA avtomobillarining rasmiy importchisi Roodell maʼlum qildi.

SKD usulida ishlab chiqarilgan birinchi LADA Vesta SW va LADA XRAY modellari allaqachon dilerlar tarmogʻiga yuborilishga tayyor. Yaqin kelajakda ularga LADA Largus qoʻshiladi.

Yigʻish ishlari Jizzax erkin iqtisodiy zonasida joylashgan ADM Jizzax avtomobil zavodida tashkil etildi.

“Oʻzbekiston „АВТОВАЗ“ uchun asosiy eksport bozorlaridan biri boʻlib, LADA brendi respublikada mashhur. Hamkorlikning yangi bosqichi zamonaviy avtomobillar va xaridorlarga yuqori sifatli xizmat koʻrsatib, mamlakat bozorida LADA rivojlanishini davom ettirishga imkon beradi”, — deyiladi kompaniyada.

Mahalliy yigʻish LADA avtomashinalarini isteʼmolchilar uchun yanada arzonroq qiladi (birinchi navbatda, kredit dasturlari va Trade-in). Bundan tashqari, mahalliy yigʻilish davlat xaridlarida ishtirok etish orqali mijozlar qamrovini oshiradi, bu esa LADA brendining Oʻzbekistondagi vakolatlarini kengaytiradi.

Maʼlumot uchun, 2020-yilda Oʻzbekistonda 5 mingdan ortiq LADA avtomobillari Roodell dilerlik tarmogʻi orqali sotilgan.

Avvalroq Spot Roodell Oʻzbekistonda Renault avtomobillarini sotishini eʼlon qilganligi haqida yozgan edi.