Uchrashuvda “Hwashin Cyber” taʼlim muassasasining $10 mln ga teng boʻlgan investitsiya mablagʻlari hisobiga Toshkent viloyatida Koreya Respublikasi universiteti filialini yoʻlga qoʻyish taklifi muhokama qilindi.
Taʼlim dargohida sport zal, madaniyat saroyi, kutubxona binolarini qurish, taʼlim klasterini tashkil etish, buning uchun universitet qoshida maktabgacha taʼlim muassasasi, umumtaʼlim maktab binosi, 600 oʻrinli talabalar turar joylarini barpo etish, taʼlim jarayonini tashkil etishda mutaxassislik fanlaridan darslarga malakali xorijiy professor-oʻqituvchilarni jalb qilish lozimligi aytib oʻtildi.
Shuningdek, universitetda tahsil olayotgan talabalarga oʻz yoʻnalishlarida oʻquv mashgʻulotlarini “Hwashin Cyber” universitetida davom ettirib, tegishli tartibda ushbu universitet diplomini olish imkoniyatini yaratib berish tartiblarini joriy etish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida hamkorlik yuzasidan memorandum imzolashga kelishib olindi.