Amazon asoschisi Jeff Bezos bu yil tabiatni muhofaza qilishga qaratilgan kampaniyaga $1 mlrd grant ajratishga vaʼda berdi. Bu haqida Forbes xabar bermoqda.
“Tabiatning hozirgi holati juda yomon, bundan 500 yil oldin oʻrmonlarga tegilmagan, daryolar toza va atrof sanoatdan zarar koʻrmagan edi. Biz bu anomaliya bilan kurashishimiz mumkin va kerak. Kuchlarni birlashtirib, zamonaviy hayotning afzalliklaridan bahramand boʻla olamiz va atrof-muhitni asrab qolamiz”, — deydi Bezos.
Mablagʻ iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash dasturi doirasida ajratilmoqda.
Jeff Bezos “Yer Fondi” tashkil etilganida bergan vaʼdalarini bajarishga kirishdi. Bu 2030-yilgacha quruqlik va dengizning 30% ida har xil turdagi hayvonlar va oʻsimliklarning yoʻq boʻlib ketishini oldini olish koʻzda tutilgan.
Endi mablagʻ qoʻriqlanadigan va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni yaratish, kengaytirish, boshqarish sarflanishi rejalashtirilgan, deb yozadi nashr.
Avvalroq Spot Jeff Bezos bir hafta ichida $10 mlrd ishlab olganligi haqida yozgan edi.