Litva hukumati fuqarolarni Xitoy smartfonlarini sotib olmaslik va ilgari sotib olingan gadjetlarini tashlab yuborishga chaqirdi. Bu haqda CNN telekanalining xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, ushbu qurilmalarda kontentni senzura qilish funksiya aniqlangan. Aniqlik kiritilishicha, Xiaomi smartfonlarida Tibet, Tayvan va demokratik harakatlarni qoʻllab-quvvatlovchi fikrlar senzura qilinadi.

Litva mudofaa vazirligining bildirishicha, Mi 10T 5G smartfonlarida senzura funksiyasi oʻchirilgan. Ammo bu funksiya istalgan vaqtda masofadan turib faollashtirilishi mumkin.

Avvalroq Spot Xiaomi rasmdagi matn va ogʻzaki nutqni tarjima qila oladigan “aqlli” koʻzoynaklar ishlab chiqarayotgani haqida yozgan edi.