“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimidan maʼlumot olish boʻyicha maxsus telegram bot —@sr_mf_uzbot ishga tushirildi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Ushbu maxsus telegram botda:
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi haqidagi maʼlumotlar;
- bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun berilgan arizalarning holati toʻgʻrisida;
- bolalar nafaqasi va moddiy yordam uchun murojaat qilish tartibi;
- bolalar nafaqasi va moddiy yordamni tayinlash rad qilinish sabablari;
- bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdorlari kabi maʼlumotlar oʻrin olgan.
Shuningdek, maxsus telegram botga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash boʻyicha eng koʻp kelib tushayotgan savollar javoblari bilan birgalikda oʻzbek va rus tillarida joylashtirilgan.