Osiyo taraqqiyot banki Oʻzbekiston iqtisodiyoti bu yil 5,0%, kelasi yil esa 5,5% oʻsishini kutmoqda. Avvalroq, bank mamlakat yalpi ichki mahsuloti 2021-yilda 4% va 2022-yilda 5% gacha oʻsishini qayd etgandi.
OTBning nashri mamlakat iqtisodiyotining 2021-yilning birinchi yarmida 6,2% ga oʻsishini qayd etdi. Xizmat koʻrsatish sohasidagi oʻsish 8% gacha tezlashdi.
Inflyatsiya 2021-yilning birinchi yarmida sekinlashdi va oʻtgan yilgi 13,9% dan 10,9% gacha tushdi. OTB 2021 va 2022-yillar uchun inflyatsiya prognozlarini mos ravishda 10% va 9% saqlab qoldi.
Avvalroq Markaziy bank kelgusida inflyatsiya darajasi ortishining asosiy xatarlarini sanab oʻtgan edi.