Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonning tashqi qarzi 2021-yilning birinchi olti oyida $35,9 mlrd ni tashkil etdi. Yil boshidan buyon u 6% ga yoki $2 mlrd ga oʻsdi.

Tashqi qarz davlat va xususiy qarzlardan iborat. Davlat $22 mlrd ni tashkil etdi va 3% ga oʻsdi. Bu asosan yangi qarzlar va ular boʻyicha toʻlovlarni jalb qilish, obligatsiyalar narxining pasayishi va valyuta kursining oʻzgarishi hisobiga oʻsdi.


Xususiy qarz esa $13,9 mlrd ni tashkil etdi va 11% ga oʻsdi, u asosan banklar va boshqa sektorlarning qarz olish hajmining oshishi hisobiga oʻsdi.

Birinchi olti oyda davlat qarzi boʻyicha $353,4 mln toʻlov va $206,5 mln foiz toʻlangan. Xususiy qarzlar boʻyicha toʻlovlar $1,6 mlrd va foizlar boʻyicha $238,8 mln ni tashkil etdi.