Toshkentning IT Markazlarida CISCO CNNA kursi boshlandi.
“Raqamli O‘zbekiston — 2030” rivojlanish strategiyasida ko‘zda tutilgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish uchun Toshkent shahridagi IT Markazlarda “CISCO CNNA (640−801 CCNA)” kursi ochildi, uning tinglovchilari davlat tashkilotlarining texnik direktorlari va tarmoq muhandislari bo‘lishadi.
Kurs oxirida tinglovchilar yakuniy imtihonlarni topshirishadi va xalqaro sertifikatni qo‘lga kiritishadi.
Kurs davomiyligi: 3 oy
CCNA (Cisco Certified Network Associate) Routing and Switching — bu zamonaviy tarmoq uskunalari bilan muhim ishlar uchun deyarli majburiy bo‘lgan Cisco sertifikatlashtirish tizimida eng keng tarqalgan sertifikat.
CCNA maqomini olish, ayniqsa, ishontiradigan portfolioga ega bo‘lmagan oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilari va yosh mutaxassislar uchun foydalidir, chunki bu sizga boshqa ish qidiruvchilardan sezilarli darajada ajralib turishga va ish beruvchiga ma’lum darajadagi ko‘nikma va bilimlarni kafolatlashga imkon beradi.
Ta’kidlash joizki, CCNA sertifikati butun dunyoda amal qiladi. Kurslarga yozilish uchun quyidagi kontaktga murojaat qilish lozim.