Asymco agentligi tahlilchisi Goratsiy Dediuning hisob-kitoblariga koʻra, Apple 2 milliardinchi iPhoneʼni sotdi. Biroq kompaniya buni eʼlon qilib oʻtirmagan.
Tahlilchining fikricha, savdolar hajmi oshishiga kredit dasturlari hamda koʻplab hududlarda koronavirus cheklovlarining yumshatilishi sabab boʻlgan.
Taʼkidlashicha, iPhone ikkilamchi bozorda eng ommaviy smartfon hisoblanadi. Tahlilchi buni qurilmalarning sifati yuqoriligi va talabgorligi bilan tushuntirgan.
Avvalroq Spot Apple 3 oy ichida $40 milliardlik Iphone sotganligi haqida yozgan edi.