UzAuto Motors mijozlar tomonidan berilgan tyuning taklifini ko’rib chiqdi va 22-sentyabr kuni kompaniya rahbariyati blogger va avtomobil ishqibozlarini noodatiy dizayndagi Chevrolet Lacetti, Chevrolet Cobalt, Chevrolet Nexia, Chevrolet Spark modellari bilan tanishishga taklif qildi.

O’zgarishlar nafaqat kuzov rangiga, balki interyer dizayni, diska va logotiplarga ham ta’sir ko’rsatdi. Korpusdagi qarama-qarshi chiziqlar, avtomobil rangiga moslangan o’rindiq dizayni, qoraytirilgan oyna — bu o’zgarishlarning hammasi ham emas.


Aslini olib qaraganda Lacetti, Cobalt, Nexia va Spark avtomobil modellarining tuning variant yaratildi.

Mavzuga befarq bo’lmagan 10 ga yaqin OAV vakillari va avtoblogerlar Asakadagi zavodga tashrif buyurish taklifiga javob berishdi.

Delegatsiya UzAuto Motors vakillari hamrohligida ertalab to’rtta avtomobilda Toshkentdan Andijonga jo’nab ketdi. Xavfsizlik choralari bo’yicha ko’rsatma-filmni tomosha qilib, tushlikdan so’ng, UzAuto Motors mehmonlari uchun ishlab chiqarish liniyalari bo’ylab ekskursiya o’tkazildi.

Faol munozaradan so’ng bosh director mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirib, zavodda ishlab chiqarishning majburiy to’xtab qolganligidan so’ng ommabop modellar qayta ishlab chiqarilishi tiklanganini e’lon qildi.