Jeff Bezosga tegishli Blue Origin kompaniyasi yangi kosmik parvozga tayyorgarlik koʻrmoqda. Kosmik kemada NASAning sobiq muhandisi va Planet Labs asoschilaridan biri Kris Boshuayzen va Medidata kompaniyasi asoschisi Glen de Vrisni parvoz qiladi. Kompaniya keyinroq yana ikkita astronavtning ismini eʼlon qiladi.


Dastavval, 20-iyul kuni dunyoning ikkinchi raqamli badavlat kishisi Jeff Bezos kosmosga muvaffaqiyatli parvozni amalga oshirgan edi. Oʻshanda parvoz 10 daqiqa-yu 18 soniya davom etgan.

Maʼlumot uchun, dunyo milliarderlar oʻrtasida fazoni zabt etish poygasi boshlanib ulgurgan. Bundan avval britaniyalik Richard Brenson oʻzining Virgin Galactic kompaniyasi kemasida dengiz sathidan 90 km balandlikka chiqqan, Bezos oʻz parvozi bilan uni kamida 10 km masofaga ortda qoldirgandi.