Savdo ma’lumotlariga ko’ra, Brent uchun noyabr fyucherslari narxi bir barrel uchun 80 dollardan oshdi. Oxirgi marta bu narx 2018-yil oktyabr oyida bo’lgan.
Banklar va savdogarlarning optimistik prognozlari fonida narxlar ko’tarilmoqda, deb yozadi Bloomberg.
O’tgan haftada Goldman Sachs xom ashyo mahsulotlarini tadqiq qilish bo’limi boshlig’i Jeff Karri, Shimoliy yarim sharda qish sovuq bo’lsa, neft 90 dollargacha ko’tarilishini istisno qilmadi.
JTD Energy Services Pte bosh strategisti Jon Driskoll ham talabning tiklanishi ortidan narxlar yanada oshishini kutmoqda.
“Men hozircha mitingning eng yuqori cho’qqisiga chiqayotganiga ishora qilmayapman”, dedi u Bloombergga.
Neft bozoridagi sarmoyadorlar koronavirus choralari zaiflashayotgani va ta’minot cheklovlari tufayli talabning oshishiga ijobiy kayfiyatda, deb xabar bermoqda Reuters Fujitomi Securities tahlilchisi Toshitaku Tazavaga tayanib.
Xususan, Yaponiya Iqtisodiyot vazirligi seshanba kuni hukumat mamlakatda favqulodda holatni 1-oktyabrdan olib tashlash masalasini muhokama qilishini aytdi.