Xitoy davlat kengashi qashshoqlikka barham berilganidan keyin jamiyatning barqaror o‘rta qatlamini bunyod etish bo‘yicha Oq kitobni tadqim qildi.

Bu haqda “Sinxua” agentligiga ayanib Uza.uz bermoqda.

“O‘rtacha daromadli jamiyatni bunyod etish 1,4 milliard aholisi bo‘lgan Xitoy uchun oson bo‘lmagan vazifa. Bu xitoy xalqining ming yillar davomidagi intilish va orzusi ham hisoblanadi”, deyiladi hujjatda.

Oq kitob “Xitoyning kambag‘allikdan farovonlik sari epik yo‘li”, deb nomlanadi. Kitobda Xitoyning kambag‘allikdan xalos bo‘lish yo‘llari va rahbariyatning bu boradagi yondashuvlari bayon etilgan.

Kambag‘allikni tugatish orqali Xitoy dunyoning tinch taraqqiyotida ulkan hissa qo‘shgani ta’kidlanmoqda.

Хитой