Davlat statistika qoʻmitasining maʼlumotlariga koʻra, respublikamizda 2021 yilning yanvar-avgust oylarida yirik korxonalar tomonidan 46 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 3,8 mlrd kVt soatga oshgan. Oʻsish surʼati 9% ni tashkil etdi.
Jami elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining jami hajmida:
- Toshkent viloyati 23,1%
- Sirdaryo viloyati 22,7%
- Qashqadaryo viloyati 19,2%
- Navoiy viloyati 15,7%.
Avvalroq Spot yanvar-iyul oylarida yirik korxonalar tomonidan 40,3 mlrd kVt soat elektr energiyasi ishlab chiqarilganligi haqida yozgan edi.