Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) hamda Xalqaro moliya korporatsiyasi (XMK) TBC Bank Group shuba korxonasining TBC Bank Uzbekistan aksiyalarini sotib oladi.
YeTTB va XMK TBC Uzbekistan-da 20% dan ulush sotib olishni rejalashtirmoqda. Investitsiyalar bozorda yangi tashkil etilgan xususiy “oʻyinchi"ning operatsion faoliyatini yanada oshiradi va sohada korporativ boshqaruvning xalqaro standartlarini ilgari suradi.
“Bizni yigirma yil davomida qoʻllab-quvvatlagan XMK va YeTTB bilan uzoq yillik muvaffaqiyatli hamkorlik tarixi bor. Men YeTTB va XMKga hamkorlikning yangi bosqichini boshlaganidan minnatdorman”, — dedi TBC Bank bosh ijrochi direktori Vaxtang Butsxrikidze.
Birinchi toʻlov 2022−2024-yillar mobaynida kapitalni yanada koʻpaytirishni qoʻllab-quvvatlash maqsadida har ikki investorning har biri uchun $9,4 mln ni tashkil qiladi.
Avvalroq Spot Yevropaning yirik banklari va “Sho‘rtan” GKM’ga investitsiya kiritishi haqida yozgan edi.