Asaxiy internet do’koni asoschisi Firuz Allayev Spot tahririyatiga nima uchun biznesini avtomatlashtirish kerakligi, freelancerlarni ishga oshmaslik va yangi holatlarga qisqa muddatda moslashish muhimligi haqida so’zlab berdi.
Fransiyada o’qib yurgan kezlarim, Yevropada internet do’konlarning shiddat bilan rivojlanishiga guvoh bo’lganman. Aholining qariyb 90 foizi xaridlarni qulay narxlarda internet orqali amalga oshirishardi.
O’zbekistonga qaytgach, bunday xizmat ko’rsatish turi yo’qligini ko’rdim. Nega bizda bunday xizmat sohasi rivojlanmagan deya o’z-o'zimga savol berar edim. Shuning ortidan internet-do'kon ochish g’oyasi paydo bo’ldi va 2014-yilda Asaxiy’ga asos solindi.
Tan olish kerak, bu sohada birinchilardan bo’lganimiz uchun juda ko’plab qiyinchiliklardan o’tishga to’g’ri keldi. Uch yarim yil zararga ishladik.
Bir oy foyda qilsak, kelasi oy faqatgina xarajatlarni qoplash bilangina cheklanib qoldik.
Rivojlanishimizning asosiy davri oxirgi 2 yilga to’g’ri keladi. Bu vaqt davomida buyurtmalar soni 70 foizga oshdi, jamoamiz kengaydi, tumanlarda filiallar ochishga erishdik.
Karantin davrida internet- do’kondan foydalanish madaniyati paydo bo’ldi. Avvallari aholining faqatgina 2 foizi onlayn savdo qilgan bo’lsa, hozirga kelib bu ko’rsatgich bizni hisobimiz bo’yicha 2−3 barobar oshgan.
Bundan tashqari, biz dasturiy ta’minotni yangiladik, yetkazib berish jarayoni yaxshilab xodimlar malakasini ham oshira oldik. Biz so’z bilan aytishimiz mumkinki, karantin bizni o’sishimiz uchun katta turtki bo’ldi.
1. Freelancer (masofaviy ishlovchi)larni yo’lladik
Birinchi va ancha jiddiy xato — biz frilanslarni yo’llagan holda internet-do'kon ochish mumkin deya o’ylagan edik.
Ular bizni necha bor aldashdi, hattoki, hech qanday sayt ham yaratmasdan muddatlar bog’liq muammolar yuzaga kela boshladi.
Yodda tutish kerakki, internet- do’kon — bu ekotizim. U faqat birgina sayt bilan cheklanib qolmaydi, uning tarkibiga bir nechta dasturlar kiradi va doimiy o’zgarishlar, yaxshilanish ishlarini amalga oshirishni talab etadi.
Shu nuqtai nazardan, internet-do'konning doimiy shtat bo’yicha dasturchilari bo’lishi lozim. Shu xatoyimiz sabab, biz 2014−2019-yillar oralig’ida eski saytda faoliyat yuritdik.
Shuning uchun, biz professional dasturchilarni topishni yoki mavjud saytlarni sizning biznesingizga moslashtirish mumkin bo’lgan rivojlangan tizimlardan foydalanishni qat’iy tavsiya qilamiz.
2. Avtomatlashtirishga yetarlicha e’tibor qaratmadik
BIz dasturiy ta’minot, biznesni boshqarish, buxgalteriya va moliya, shuningdek mavjud dasturlarni rivojlantirish va yetkazib berishni avtomatlashtirish haqida ko’p o’ylamas edik.
Bu turdagi barcha jarayonlar Telegram yoki Trello orqali boshqarilar edi. Umuman olganda, dasturiy ta’minot qanchalik muhim ekanligini kech anglab yetdik.
Menimcha, agar bu jarayon ikki yil oldin boshlanganda, bugungi kundagi Asaxiyda mavjud bo’lgan 17 dan ortiq dastur butunlay boshqacha rejimda ishlagan bo’lar edi. Shuning uchun kompaniyani maksimal darajada avtomatlashtirishga e’tibor qaratish lozim.
3. Xodimga ishonib, nazorat tizimini kech ishga tushirdik
Qo’l ostingizdagi xodimlaringiz qanchalik ro’stgo’y bo’lmasin, siz tizimni nazorat qilish imkoniyatiga ega bo’lishingiz kerak.
Biz ba’zi “vijdonli” xodimlar faoliyatiga shubha qilmasdan, bunga e’tibor bermagan edik. Natija esa $70 minglik zararga olib keldi.
Shuning uchun, men har doim xatolarni, kamchiliklarni va eng muhimi, o’g’irlikni istisno qiladigan tizim yaratishni maslahat beraman.
4. Ba’zi xizmatlar kech ishga tushirildi
Misol uchun, tumanlarga yetkazib berish xizmatini ertaroq yo’lga qo’yishning imkoni bor edi.
Ba’zi hollarda bu mablag' bilan bog’liq bo’ldi, ba’zi payt esa biz konservatorlar kabi yangi g’oylarni qo’llab-quvvatlamadik va ortga surdik.
O’ylaymanki, agar biz hamma narsani o’z vaqtida qilganimizda, hozir kompaniya boshqa darajaga ko’tarilgan bo’lardi. Barcha sohalarda, ayniqsa, IT sohasidagi o’zgarishlarga imkon qadar tezroq moslasha bilish kerak.
Albatta, bu moliyaviy tomondan qiyinchiliklarga olib kelishi mumkin, ammo o’z vaqtida ish ko’ra olmaslik ham katta yo’qotishlarga sabab bo’ladi.
5. Videokontentdan foydalanishni kech boshladik
Biz matn bilan ish yuritishga va ijtimoiy tarmoqlardagi reklamalarga, xususan Facebookga e’tibor qaratdik.
Ammo bugun biz Internetda, ayniqsa TikTok va Instagramda video kontentning ahamiyati oshganini ko’ramiz. Alohida ishlab chiqarish guruhini tuzish va biz tomondan bu yo’nalishga sarmoya kiritish o’sha paytda oqilona qaror bo’lar edi.
Ha, bugun biz barcha xatolarimizni tuzatishni boshladik, lekin aytishim kerakki, afsuski, biz bir yarim yilga kechikdik!