Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligi hamda “DARVOZA SAVDO” MCHJ xususiy kompaniyasi o‘rtasida kontrafakt mahsulotlar savdosining oldini olish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni tashkil qilish hamda kompaniya tarmog‘iga kiruvchi supermarketlarni kontrafaktsiz hududga aylantirish maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Memorandumni imzolashdan ko‘zlangan maqsad kontrafakt mahsulotlar aylanmasining oldini olish, tadbirkorlar o‘rtasida halol raqobatni ta’minlash, iste’molchilarni kontrafakt mahsulotlardan ogoh etish, intellektual mulk ob’ektlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun qonuniy javobgarlikni kuchaytirishdan iborat.
Memorandum doirasida “DARVOZA SAVDO” MCHJ o‘z savdo majmualariga mahsulotlarni sotuvga chiqarishdan oldin Agentlik mutaxassislarining kontrafakt yoki kontrafakt emasligi bo‘yicha fikrini olgan holda sotuvga taklif etadi.
Shuningdek, Agentlik, “DARVOZA SAVDO” MCHJning mahsulotlarni sotuvga taklif etishdan oldin dastlabki ko‘rikdan o‘tkazish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini sohaga oid bilim va ko‘nikmalarini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslar, davra suhbatlar, seminar-treninglar o‘tkazish ishlarini tashkil etadi.
Bundan tashqari, Agentlik vaqti-vaqti bilan “DARVOZA SAVDO” MCHJga qarashli savdo majmualarida kuzatuv ishlarini olib boradi va aniqlangan kontrafakt mahsulotlar haqida “DARVOZA SAVDO” MCHJga bildirgi kiritadi “DARVOZA SAVDO” MCHJ esa, ushbu kontrafakt mahsulotlarni tez fursatlarda savdodan olib tashlash chorasini ko‘radi.
2 oktabr 2021, 14:20
Biznes
Intellektual mulk agentligi MAKRO supermarketlar tarmog‘i bilan memorandum imzoladi
Memorandum doirasida “DARVOZA SAVDO” MCHJ o‘z savdo majmualariga mahsulotlarni sotuvga chiqarishdan oldin Agentlik mutaxassislarining kontrafakt yoki kontrafakt emasligi bo‘yicha fikrini olgan holda sotuvga taklif etadi.

Foto: Spot
«Spot»
- 308
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 12:16 Biznes
Noqonuniy Umra tadbirlarini tashkil etgan 26 ta turfirma javogarlikka tortildi — Bosh prokuratura
Jinoiy ishlarni sodir qilgan 40 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov jarayonlari olib borilmoqda.
Bugun, 11:00 Iqtisodiyot
Markaziy bank naqd pulsiz hisob-kitoblarda universal to‘lov QR-kodini yaratmoqchi
Buning yordamida fuqarolar xohlagan mobil ilovasini tanlashlari va to‘lovni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Uni ishlab chiqish uchun bir yil kerak.
Bugun, 10:37 Iqtisodiyot
Xitoyning WeChat va Alipay ilovalari O‘zbekiston to‘lov tizimlari bilan integratsiya qilinmoqda
Markaziy bank sayyohlarga milliy kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish bo‘yicha kompaniyalar bilan muzokaralarni boshladi.
Kecha, 23:01 Biznes
O‘zbekneftgaz 5 ta xizmat avtomobilini auksionga chiqardi
Ular qatorida 2018−2020 yillarda ishlab chiqarilgan uchta Mercedes-Benz, Toyota Land Cruiser hamda Chevrolet Tahoe bor.
Kecha, 22:29 Iqtisodiyot
Markaziy bank fuqarolarni Tezkor to‘lov tizimiga ulashni rejalashtirmoqda
Bu ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan bo‘ladi, biroq belgilanadigan tariflar bozordagi raqobatga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim.
Kecha, 19:38 Biznes
“Sinov natijalaridan norozimiz” — Leapmotor O‘zbekistonda avtomobillarini sertifikatlash to‘xtatilganiga izoh berdi
Xitoy kompaniyasi sinovdan o‘tkazilgan avtomobil holati va tekshiruv talablari bo‘yicha aniq ma’lumotlar mavjud emasligini, qayta tekshiruv o‘tkazilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Kecha, 17:58 Qiyofa
Alisher Usmonov va uning jiyani Buyuk Britaniya sanksiyalariga qarshi e’tiroz bildirdi
Advokatlarning fikricha, cheklovlarni bekor qilishga erishish qiyin bo‘ladi, chunki bu jiddiy siyosiy asosga ega byurokratik jarayon hisoblanadi.
Kecha, 17:49 Biznes
“Import mahsulotlarini sertifikatlashtirishdan voz kechib, bozor nazorati tizimiga o‘tamiz” — Texnik tartibga solish agentligi
Agentlik boshqarmasi boshlig‘i Alisher Dodoyev bozor nazorati qonuni loyihasi ishlab chiqilganini, yil yakunigacha jamoatchilikka e’lon qilinishini bildirdi. Yangi talablar import mahsulotlari ichki bozorga chiqarilganidan keyin ularni muvofiqlik sinovidan o‘tkazishni nazarda tutadi.