4-oktybar kuni Facebook, Instagram va WhatsApp ijtimoiy tarmoqlarining dunyo bo’yicha uzilishi yoki yomon ishlashi kuzatilganligi haqida Spot xabar bergan edi.
Vaziyat kompaniya aksiyalari va uning boshqaruvchisi bo’lgan Mark Sukerbergning moliyaviy holatiga ta’sir etmay qolmadi.
Hozirgi vaqtga kelib, Forbes Real Time Billionaires reytingida $116,8 mlrd bilan 6-o'ringa tushib ketdi.
Mark Sukerberg va uning jamoasi yuzaga kelgan muammo uchun uzr so’radi va noqulaylik sababini ochiqladi.
“Ma'lumotlar markazlarimiz o’rtasida tarmoq trafigini muvofiqlashtiruvchi magistral yo’riqnoma konfiguratsiyasining o’zgarishi aloqani uzib qo’ydi”, — deyiladi xabarda.